Joʻrayeva Manzura Nasriddinovna

Toshkentda Fuqarolar va Biznes uchun Advokat

Birinchi uchrashuvdayoq vaziyatingizni oʻrganamiz va nima qilish mumkinligini ochiq aytamiz. Fuqarolik va iqtisodiy ishlarni sudda va sudgacha yuritamiz.

+998 90 511-99-11
Advokat Joʻrayeva Manzura Nasriddinovna

Bizga qanday masalalar bilan kelishadi

Vaziyatingizni tanlang va qanday yordam bera olishimizni koʻring. Savolingiz roʻyxatda boʻlmasa, bizga shunchaki yozing.

  • Shartnoma boʻyicha qarzni undirish

    Talabnoma va daʼvo tayyorlaymiz, ijrosini kuzatamiz.

  • Yetkazib beruvchi va buyurtmachilar bilan nizolar

    Muzokara va sudda manfaatingizni himoya qilamiz.

  • Davlat organlari qarorlari ustidan shikoyat

    Jarima va rad javoblarini iqtisodiy sudda nizolashamiz.

  • Shartnomalarni tuzish va ekspertizasi

    Shartnoma yozamiz, hamkor hujjatlaridagi xatarni topamiz.

  • Kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish

    MChJ va YaTT ochamiz, kerak boʻlsa kompaniyani yopamiz.

  • Kompaniyaning toʻlovga qobiliyatsizligi

    Sanatsiya va tugatish jarayonlarini olib boramiz.

Ish qanday kechadi

Birinchi qoʻngʻiroqdanoq tushunarli tartib: ishingiz qay holatda ekanini doim bilasiz.

  1. Qoʻngʻiroq yoki ariza

    Nima boʻlganini qisqacha aytib bering. Tafsilotlarni aniqlab, uchrashuvga qaysi hujjatlarni olib kelishni aytamiz.

  2. Maslahat

    Hujjatlarni oʻrganib, huquqiy holatingiz, xatarlar va mumkin boʻlgan yoʻllarni tushuntiramiz.

  3. Kelishuv

    Ish hajmi, muddat va haqni yozma kelishuvda belgilaymiz. Yashirin toʻlovlarsiz.

  4. Ish boʻyicha faoliyat

    Hujjatlarni tayyorlaymiz, sizni sud va idoralarda himoya qilamiz, har bir qadam haqida xabar beramiz.

Masalangiz haqida gaplashamiz

Birinchi uchrashuv ofisda yoki onlayn oʻtadi. Hujjatlarni oʻrganamiz, yoʻllarni tushuntiramiz va nimani kutish mumkinligini ochiq aytamiz.

+998 90 511-99-11

Qisqacha biz haqimizda

Biz Toshkentdagi LEGIST advokatlik tuzilmasimiz. Amaliyotni 2018-yildan buyon Adliya vazirligi litsenziyasiga ega advokat olib boradi va har bir ishni birinchi maslahatdan oxirigacha shaxsan yuritamiz.

Biznes, fuqarolar va chet el fuqarolariga yordam beramiz: maslahat beramiz, hujjatlar tayyorlaymiz, muzokara olib boramiz, sud va davlat organlarida manfaatlaringizni himoya qilamiz.

8+
yillik muvaffaqiyatli yuridik amaliyot
500+
ish va maslahatlar
25+
amaliyot yoʻnalishlari
75+ mlrd
soʻm mijozlar nizolarida
Ofisimiz joylashgan bino, Islom Karimov koʻchasi, 55
Advokat sudda nutq soʻzlamoqda

Nega bizni tanlashadi

Har bir mijoz bilan ishlashda amal qiladigan bir nechta qoidalarimiz.

  • Ishni advokatning oʻzi yuritadi

    Yordamchilarga topshirmaymiz: siz pozitsiyani tayyorlab, sudda chiqadigan advokat bilan gaplashasiz.

  • Advokat ish hujjatlarini oʻrganmoqda
  • Advokatlik siri

    Aytgan hamma narsangiz qonun bilan himoyalangan.

  • Halol baho

    Istiqbollar haqida ochiq aytamiz, hatto ular zaif boʻlsa ham.

  • Yozma kelishuv

    Ish hajmi va muddatlarini qogʻozda qayd etamiz.

  • Avval kelishishga harakat qilamiz

    Sertifikatlangan mediator: imkon boʻlsa, nizoni sudsiz hal qilamiz.

  • Advokat hujjatni imzolamoqda
  • Yuridik yordam

    Maslahat beramiz, hujjatlar tuzamiz, muzokara olib boramiz va manfaatlaringizni himoya qilamiz: turli mutaxassislarni izlashingiz shart emas.

Vaziyatingiz haqida gapirib bering

Ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling: birinchi uchrashuvda masalani oʻrganamiz va nima qilish mumkinligini ochiq aytamiz.

+998 90 511-99-11

Mijozlar fikrlari

Mijozlar biz bilan ishlash haqida nima deydi: birinchi uchrashuv, ish boʻyicha muloqot va natija qanday boʻlgani.

  • Kontragent sakkiz oy vaʼda berib yurdi. Advokat talabnomadan boshlashni taklif qildi: qarzning bir qismi darhol qaytdi, qolgani sud orqali. Har majlisdan keyin qoʻngʻiroq qilishdi.

    Jasur T.

    shartnoma boʻyicha qarzni undirish

  • Ajrashish ogʻir kechdi, kvartira va mashina masalasi bor edi. Nimaga umid qilsam boʻlishini darhol tushuntirishdi. Eshitish yoqimsiz edi, lekin keyin kutilmagan holat boʻlmadi.

    Irina V.

    ajrashish va mulkni boʻlish

  • Bizda chet ellik mutaxassislar ishlaydi. Tekshiruvdan oldin hujjatlarini koʻrib chiqishni soʻradik: ruxsatnomalarda ikkita xato topildi, tuzatishga ulgurdik.

    Sergey K.

    hujjatlarning migratsiya auditi

  • Yetkazib beruvchi muddatni buzdi va neustoyka hisobladi. Bir yil sudlashamiz deb oʻylagandim, muzokarada uch haftada kelishdik. Muzokarani advokatning oʻzi olib bordi.

    Bobur A.

    yetkazib beruvchi bilan nizo

  • Otamdan uy qoldi, qarindoshlar kelisha olmadi. Qaysi hujjatlarni yigʻishni bosqichma-bosqich tushuntirishdi. Kutganimdan uzoqroq choʻzildi, lekin oldindan aytishgan edi.

    Nilufar R.

    merosni rasmiylashtirish

  • Sherigim bilan MChJ ochdik. Hujjatlarni bir necha kunda tayyorlashdi, birimiz chiqib ketsak nima boʻlishini ham yozishni maslahat berishdi. Oldinroq kelganimdan xursandman.

    Sherzod N.

    MChJni roʻyxatdan oʻtkazish

  • Tanishimga tilxat bilan qarz bergandim, u javob bermay qoʻydi. Pulni tez qaytarib boʻlmasligini ochiq aytishdi. Shunday boʻldi ham, lekin pulimni oldim.

    Doston X.

    tilxat boʻyicha qarz

  • Soliq organi biz rozi boʻlmagan jarima yozdi. Advokat tekshiruv dalolatnomasini oʻrganib, eʼtiroz uchun asos topdi. Jarima deyarli ikki baravar kamaytirildi.

    Aziz M.

    jarima ustidan shikoyat

Litsenziya va hujjatlar

Advokat maqomini Adliya vazirligi reyestrida tekshirish mumkin.

  • Advokatlik litsenziyasi

    ВН № 000076 25.12.2018

  • Mediator sertifikati

    MT № 000051

  • Sud boshqaruvchilari oʻqishi

    № 000063 АА 11.02.2021

Toʻrtta savolga javob bering: ishni nimadan boshlashimizni va birinchi uchrashuvga nimalarni olib kelishni koʻrsatamiz.

Savol va javoblar

Javob topmadingizmi? Qoʻngʻiroq qiling yoki yozing, ish vaqtida javob beramiz.

Qoʻngʻiroq qiling, Telegramga yozing yoki saytda ariza qoldiring. Ish vaqtida qayta qoʻngʻiroq qilamiz, masalani aniqlaymiz va uchrashuv uchun qulay kunni tanlaymiz.

Vaziyatingizni konsultatsiyada koʻrib chiqamiz

Ism va telefoningizni qoldiring: ish vaqtida qoʻngʻiroq qilib, nimadan boshlashni aytamiz.

Telegramda yozish

Ariza qoldiring

Tugmani bosib, maxfiylik siyosatini qabul qilasiz